Tayvan orolida sayyohlik avtobusining qulaşidan halok bölganlar soni 34 nafarga yetdi, deb yozmoqda mahalliy China Times gazetasi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 21:00 atrofida Taybey şahri yaqinidagi şosselardan birida sodir bölgan. Avtohalokat vaqtida, sönggi ma'lumotlarga köra, avtobus içida 44 kişi bölgan. Avvalroq 32 kişining hayotdan köz yumgani haqida xabar qilingan edi.
Mahalliy politsiyaning xabar qilişiça, avtobus haydovçisi yölning uşbu qismida belgilangan tezlikni oşirib yuborgan. Bu yerda soatiga 40 km tezlik belgilangan bölsa-da, haydovçi soatiga 60 km tezlikda harakatlangan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, avtobus içida xorijiy mamlakatlar fuqarolari yöq. Yölovçilarning aksariyati mahalliy nafaqaxörlar bölib, Tayçjun şahriga uyuştirilgan ekskursiyadan qaytişayotgan bölgan.












