Hollivudlik maşhur aktyor Harrison Fordning samolyoti yölovçi layneri bilan töqnaşib ketişiga bir baxya qoldi. Hodisa Kaliforniya ştatida layner qönişga tayyorlanayotganida yuz berdi, deb xabar qilmoqda NBC telekanali.

Ma'lum bölişiça, duşanba kuni yuz bergan voqea paytida aviadispetçerlar Fordga samolyotni Orinj okrugidagi Jon Ueyn nomidagi aeroport uçiş-qöniş yölagiga qöndirişi lozimligini aytişgan. Biroq aktyor xato tufayli laynerni aylantirib oladigan yölakka qarab parvozni davom ettirgan. Uning samolyoti American Airlines aviakompaniyasining bortida 110 yölovçi bölgan layneri ustidan uçib ötib ketgan.

Telekanal ma'lumotiga köra, yölovçi samolyoti bir neça daqiqa ötib omadli ravişda parvoz qilgan.

"Bu layner mening tagimda bölişi kerak edimi?" – deya söragan Ford dispetçerlar bilan suhbatda. Ular aktyorga qöniş çoğida yöl qöygan xatosi haqida xabar berişgan. AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi vakillari aktyorga töğri yöriqnoma berişganini ma'lum qildi. Ford vakillari esa bu borada hozirça izoh berişmadi.

Ayni damda boşqarma yuz bergan hodisa yuzasidan suriştiruv olib bormoqda, uning yakuniga köra, Ford parvoz qilişga huquq beruvçi litsenziyadan mahrum etilişi mumkin.

Ma'lumot uçun, bu Harrison Ford boşqaruvidagi samolyot bilan röy bergan birinçi şunday hodisa emas. 2015 yilning martida aktyor tomonidan boşqarilgan yengil motorli samolyot – Ikkinçi jahon uruşi davridagi Ryan PT-22 Recruit Kaliforniyadagi Santa-Moniko şahri aeroporti yaqinidagi golf maydoniga qulagandi. Ford hodisadan biroz vaqt avval dvigatel nosozligi haqida xabar bergan. Samolyot qulab tuşgandan söng aktyor örta darajadagi boş jarohatlari bilan kasalxonaga olib ketilgandi.