Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Andijonda respublika boş konsulxonasini oçiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Yangi diplomatik vakolatxona Özbekistonning uçta viloyatidagi - Andijon, Farğona va Namangan viloyatlaridagi Qirğiziston fuqarolariga xizmat körsatadi.
Farmonga muvofiq, boş konsulxona qirğizistonliklarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, konsullik xizmatlarini körsatiş, şuningdek, ikki davlat örtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşiş bilan şuğullanadi.
Qirğiziston Vazirlar Mahkamasiga vakolatxonani oçiş bilan boğliq taşkiliy va moliyaviy masalalarni hal etiş topşirildi. Farmon 20-noyabrdan kuçga kiradi. Boş konsulxonaning qaçondan iş boşlaşi hozirça eʼlon qilinmadi.
Yangi vakolatxonaning oçilişi Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaxşilanib borayotgan bir pallada yuz bermoqda. 2016-yilda Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan söng mamlakatlar siyosiy va iqtisodiy aloqalarni faollaştirdi, çegarani kesib ötişdagi çeklovlarni bosqiçma-bosqiç bekor qildi hamda hududiy bahslarni bartaraf etdi.
2026-yilning yozida Bişkek va Toşkent migratsiya qoidalarini yanada yengillaştirişga kelişib oldi. 30-iyulda imzolangan protokol Qirğiziston fuqarolariga Özbekistonda majburiy vaqtinçalik röyxatdan ötmasdan 15 sutkagaça böliş imkonini beradi. Aytiş joizki, öşa vaqtda ikki davlat rahbarlarining Çölponotadagi uçraşuvida Andijonda boş konsulxona oçiş rejalari ham maʼlum qilingan edi.













