Italiyaning sobiq boş vaziri Matteo Rentsi Italiyaning yetakçi Demokratik partiyasi kotibi lavozimidan iste'foga çiqdi. U bu qarori haqida partiyaning milliy assambleyasida ma'lum qildi. Bu yiğiliş Rimda 19 fevralda ötdi.
Rentsi partiya içidagi muxolifat bosimi ostida öz lavozimidan ketdi.
Partiya nizomiga köra, partiya kotibi iste'foga ketadigan bölsa, assambleya yangi yetakçisini 19 fevraldayoq saylaşi mumkin, aks holda partiyaning navbatdan taşqari umummilliy qurultoyi çaqirtiriladi.












