Egasi bilan old panjasini silkitib söraşadigan kaltakesak internet yulduzga aylandi. Uşbu holat tasvirlangan video 17 fevralda YouTube’dagi Thehypnoguy1 kanalida joylaştirilgan.
Kaltakesak egasi sevimli jonzotini qölini silkitib qarşilaydi. Kaltakesak esa egasining harakatlariga monand tarzda panjasini silkitib javob beradi. "Mana mening kaltakesagim unga qöl silkitganimda nima qiladi", deyilgan rolik nomida.
Video uç kun içida 160 mingdan köproq namoyiş töplaşga ulgurdi. Rolik ostida qoldirilgan izohlarda foydalanuvçilar sudralib yuruvçi jonzotning bu qobiliyatidan hayrat bildirişgan va uning egasidan kaltakesakni bunga örgatiş uçun qança vaqt talab qilingani bilan qiziqib körişgan.












