YouTube 24-avgustdan videoni işga tuşiriş bilanoq - birinçi kadrdanoq körişlar sonini hisoblay boşlaydi. Yangi tizim butun dunyodagi barça formatdagi videolar uçun amal qiladi. Bu haqda platformaning ma’lumotnomasida aytilgan.

Avvalroq platforma formatga qarab körişlar sonini hisoblaşning turli usullaridan foydalanardi. Endi YouTube uşbu körsatkiçni birxillaştirişga qaror qildi. Kompaniya bu özgarişni körsatkiçni yagona standartga keltiriş va mualliflarga «öz videosining qamrovi haqida töliqroq tasavvur beriş» istagi bilan izohladi.

Platformaning ta’kidlaşiça, yangi tizim monetizatsiyaga ta’sir qilmaydi: tölovlar avvalgidek jalb qilingan körişlar va köriş soatlari asosida hisoblanadi.

Videoni işga tuşirgandan söng uni körişda davom etgan foydalanuvçilar soni YouTube Analytics’da saqlanib qoladi.

The Verge naşrining yozişiça, körişlar sonini hisoblaşning şunga öxşaş algoritmi TikTok va Instagram’da ham mavjud. X ijtimoiy tarmoğida esa tomoşa, agar foydalanuvçi videoni kamida ikki soniya körsa, hisobga olinadi. Naşr ma’lumotlariga köra, ötgan yili YouTube bu usulni YouTube Shorts uçun qöllagan edi.