Donaldson – YouTube'dagi 500 milliondan ortiq obunaçisi bilan videoxostingdagi eng maşhur bloger hisoblanadi.
MrBeast özining katta mablağ sarflanadigan, murakkab sahna ijrolari va katta sovrin jamğarmalariga ega keng kölamli video loyihalari bilan tanilgan. U minglab odamlarni video kontent işlab çiqarişga jalb qiladi, uning viktorinalari musobaqalar va öyinlarni tomoşabop şoularga aylantiradi.
Uning kanallaridan biri “Beast Philantrophy” oçlikka qarşi kuraşiş, toza suvdan foydalaniş, tibbiy yordam, butun dunyo böylab bolalar va oilalarni qöllab-quvvatlaş va ekologik taşabbuslarga qaratilgan xayriya loyihalariga bağişlangan.
Toşkentda Jimmi Donaldson bilan uçraşişni istovçilar Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi rasmiy saytida röyxatdan ötişi kerak, röyxatdan ötganlar orasidan bir guruhi tasodifiy sonlar generatori yordamida tanlanadi. Uçraşuv 9-oktabr kuni bölib ötadi va interfaol öyinlar, jumladan, kam maʼlum bölgan faktlar bilimdonligi uçun trivial viktorinalar şaklida ötkaziladi. Ğoliblarga qimmatbaho sovğalar topşiriladi.
Jamğarmaning qayd etişiça, dunyodagi eng maşhur raqamli kontent muallifining taşrifi Özbekistonning yoş aholisi orasida YouTube hamjamiyatini rivojlantirişga kuçli turtki beradi. Uçraşuv özbek ijodkorlarining jahon media makoniga integratsiyalaşuviga hissa qöşadi, mahalliy ijodkorlarni keng kölamli va jöşqin loyihalar yaratişga ilhomlantiradi, mintaqaviy YouTube segmentida video işlab çiqariş va ssenariylar sifatini oşiradi hamda blogingni brendlar va sarmoyadorlar uçun jiddiy biznes sifatida namoyon etadi.
Uçraşuvda iştirok etişni xohlovçilar faqat Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi rasmiy sayti orqali röyxatga olinadi, boşqa kanallar orqali tadbirga kirişni taklif qiluvçi har qanday havolalar, yutuqli öyinlar yoki hisoblarni, jumladan, özini MrBeast yoki uning vakillari deb taniştiruvçi hisoblarni eʼtiborsiz qoldiriş tavsiya etiladi.
Iştirokçilar 18 yoşdan katta bölişi kerak. Takroriy yoki avtomatik arizalar saralaşdan çetlaştiriladi. Iştirokçilar talablarga javob beradigan barça arizalar orasidan tasodifiy ravişda tanlab olinadi.
Tanlangan iştirokçilar bilan Jamğarma yakka tartibda va sir saqlaş şarti bilan boğlanadi va faqat ularga tadbirning sanasi va joyi haqida xabar beriladi. Ularning ism-şariflari eʼlon qilinmaydi.

















