AQŞning Nyu-York ştati Kuins munitsipalitetida yaşovçi aholi köça böylab noma'lum sigir aylanib yurgani haqida politsiyaga xabar berdi. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari jonivorni tutişga urinişdi, biroq bu iş oson bölmadi.

Oxir-oqibat sigirni tutiş bir neça politsiya maşinasi va önlab xodimlar iştirokidagi haqiqiy quvişga aylanib ketdi, ular jonivor ortidan butun okrug böylab çopib yurişgan.

Ba'zi fuqarolar politsiyaga yordam berişga urinişdi hamda sigir çiqiş joyi bölmagan yerlarga kirişiga bir baxya qolgan. Ammo u butalar orqali baribir qoçib ketgan. Bu hodisani matbuot ham tezlik bilan yorita boşladi.

Politsiyaga sigir haqida xabar bergan guvohlarning taxminiça, u mahalliy kuşxonadan qoçgan bölişi mumkin.

Sbnation naşri istehzo bilan «sigir şaharning qoq markazida qanday qilib paydo bölganini heç kim bilmaydi, balki bu katta isyonning boşlanişidir», deya ta'kidlagan. Şuningdek, Sbnation jurnalistlarining ma'lum qilişiça, ular butunlay sigir tarafida hamda uning jangovar ruhidan qoyil qolişgan.

Quviş jarayonini NBC muxbiri Bred Jaffi ham kuzatib bordi va Tvitterdagi sahifasida bu borada tezkor xabarlar berib borgan.

New York Daily News muxbiri Edgar Saldovan esa hodisa joyidan olingan video taqdim etdi

.

NBC New York ma'lumotiga köra, politsiyaçilar sigirni tutişga 10 daqiqadan ortiq vaqt sarflaşgan. 41 KSHB telekanali esa tutilgan jonivor kuşxonaga topşirilmay, balki cow sanctuary sigirlar saqlanadigan joyga berilişini aniqladi.