Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçning bayonot berişiça, uning mamlakatini yaqin kelajakda navbatdan taşqari parlament va prezidentlik saylovlari kutmoqda. Yanukoviç Rossiya va Ukrainaning ayrim OAVga bergan intervyusida şunday fikrni bildirgan, deb xabar qilmoqda RT agentligi.
«Ukrainadagi vaziyat boşi berk köçaga kirib qolgan. Xalq siyosatçilarga işonmayapti. Barça siyosiy partiyalar va siyosatçilarning reytinglari past darajada. Agar hozirgi hukumat tinç yöl bilan hal etişni boşlamas ekan, navbatdan taşqari parlament va prezident saylovlari bölişi aniq», — degan Yanukoviç davlat töntarişiga 3 yil tölişi munosabati bilan bergan intervyusida.
Uning taxmin qilişiça, saylovlarda pragmatiklar va radikallar özaro kuç sinaşadi. «Bu qoidasiz, keskin kuraş böladi», — deb qayd etgan Ukrainaning sobiq prezidenti.
Viktor Yanukoviç, şuningdek, 2014 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina hududiga harbiy kuçlarini safarbar etişni sörab maktub yöllaganiga doir xabarlarni ham izohlagan.

«Birinçidan bu maktub emas, bayonot. Ikkinçidan, qonun bor, prezident vakolatlari degan tuşunçalar bor. Bularning barçasi huquqiy masalalardir. Hozir men bu savolga javob bersam, ba'zi aqli zaiflar gaplarni notöğri talqin qilişadi, menga nisbatan qandaydir faktlarni topişga urinişadi. Men xalqimga xiyonat qilganim yöq. Men öz vakolatlarim va qonunçilik doirasida himoya qilişga urindim. Men sudda ham şuni ta'kidlay olaman. Men, garçi hozirgi Ukrainada bölayotgan boşboşdoqlikdan himoyalaniş oğir bölsa-da, himoyalanişga harakat qilaman», — degan Yanukoviç. U, şuningdek, xalqaro hamjamiyatni «maydon» böyiça maxsus komissiya tuzişga çaqirdi.
Viktor Yanukoviç ayni vaqtda Rostovda istiqomat qilayotganini ham ta'kidlab, oğir vaziyatda bölişiga qaramay, ukrain xalqi uçun qandaydir xayrli iş qilişni orzu qilişini ta'kidlagan.












