“Samarkandskiy vestnik” naşrida Samarqand viloyati Oqdaryo tumani, Boşdarxon mahallasida joylaşgan 19-raqamli maktabgaça ta'lim muassasasining abgor ahvoli haqida maqola naşr etildi.
Maqolada aytilişiça, maktabgaça ta'lim muassasasi 120 öringa möljallangan, ammo unda hozirgi kunda 55 nafar bola tarbiyalanmoqda. Çunki, bu yerda zarur şart-şaroitlar muhayyo qilinmagan.
Muallif boğça hududida olingan bir neça suratlarni namoyiş qilgan.


Muassasa binosi 1976 yilda qurilgan bölib, körinişidan köp yillardan beri ta'mirlanmagan. Kanalizatsiya tizimiga ulanmagan bu bino tabiiy gaz bilan ham ta'minlanmagan, unda yuz va qöl yuviş uçun şaroitlar yöq.
Boğça mudirasi Dilrabo Hamidovaning aytişiça, maktabgaça ta'lim muassasasi joriy mavsum uçun tegişli taşkilotlarga kömir sörab murojaat qilgan, biroq bu murojaat tuşunarsiz sabablarga köra qondirilmagan. Şu tufayli muassasasa hisobiga oziq-ovqat uçun ötkazilgan mablağlar hisobidan kömir ham sotib olişga töğri kelmoqda.












