Die Welt naşrining yozişiça, agar Ukraina banklaridan olingan kreditlarning katta qismi tölanmasa, Ukraina bank inqirozi vaqti-soati kelib portlaydigan bomba kabidir.
Ukraina milliy banki ma'lumotlariga köra, kreditlardan 30,5 foizi qaytarilmas hisoblanadi. Bozor tahlilçilari esa biroz boşqaça raqam – 50 foizni aytişmoqda.
Şu bilan birga Ukraina milliy banki 2016 yil yakunlariga köra bank sohasida körilgan rekord miqdordagi ziyonlardan (159 mlrd grivna) keyin vaziyat biroz yaxşilanganini ma'lum qildi. Biroq muammoli kreditlarning "ulkan toği" tufayli inqiroz qaytişi mumkin.
Davlat banklari ahvol ayançli ekanini oçiqçasiga aytişmoqda, biroq ba'zi xususiy banklar muammoning kölamlarini tan olişni istaşmayapti.
Die Welt’ning ta'kidlaşiça, Ukraina bank sohasi 2014 yildan beri çuqur retsessiyadan aziyat çekmoqda.
"Nazoratçilar muammoli banklar böyiça haddan ziyod uzoq vaqt kafolatlar berganlar va ularning egalariga özlaridan pul undirişga imkon berganlar. Kreditlarni qaytariş muşkul, çunki mijozlarning kreditlar böyiça taftişlardan keyin sudga ketgan xarajatlariga kredit böyiça foizlarni tölaşdan kamroq pul ketadi. Ukrainada "kreditni faqat qörqoqlar qaytaradi" degan gap yuradi", deb yozmoqda naşr.
Naşr ma'lumotlariga köra, Ukraina iqtisodiyoti bilan ba'zi ijobiy özgarişlar yuz bermoqda, jumladan inflyatsiya darajasi kamaygan. Kreditlar bilan boğliq vaziyat ham barqarorlaşadi va ular endi 24 foizlik emas, balki 14 foizlik stavka bilan berilmoqda. Biroq banklarda daromad bilan muammolar saqlanib qolmoqda.












