Turkish Airlines jahonning yetakçi aviakompaniyalaridan biri sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlaşda davom etmoqda.

Yevropadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri sanaluvçi Turkiya milliy aviataşuvçisi özining marketing maqsadlariga erişiş uçun reklamadan unumli foydalanmoqda.

Turkish Airlines tomonidan taniqli sportçilar, aktyorlar va musiqaçilar iştirokida tayyorlangan va xorijiy tillarga ögirilgan reklama roliklari internetdagi minglab foydalanuvçilar orasida maşhur bölib ketmoqda. Bu esa nafaqat aviakompaniya, balki Turkiyaning ham nufuzini oşirmoqda.

Masalan, AQŞ Milliy futbol ligasining final uçraşuvi vaqtida “Oskar” sohibi Morgan Frimen iştirok etgan reklama roligi premerasi ötkazildi.

Rolikning asosiy maqsadi - Turkish Airlines sizni dunyoning istalgan çekkasiga yetkazişi mumkin, va bu ayni haqiqat. Aviakompaniyaning yönalişlar tarmoği butun jahon böylab 296 yönalişni qamrab oladi. Ayni damda aviakompaniya dunyoning 120 mamlakatiga reyslarni amalga oşiradi.

Turkish Airlines’ning YouTube rasmiy kanalida rolikni 16 million foydalanuvçi tomoşa qilgan. U qisqa vaqt içida turk aviakompaniyasining eng ommabop reklama roliklari röyxatida törtinçi örinni egalladi.

Twitter’da esa reklama roligi «@TurkishAirlines» xeştegi bilan taqdim etilgan va qisqa vaqt içida töqqiz ming «layk» va 2500 retvitlarni qölga kiritdi.

Aviakompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasida esa rolikni 561 ming marta körişgan hamda ön minglab foydalanuvçilar u bilan bölişişdi. 

Ma'lumot uçun, Turkish Airlines roligi YouTube’dagi eng ommabop reklama roliklari TOP-5ligiga kirmoqda.

Ötgan yili esa Turkish Airlines oltinçi bor «Yevropaning eng yaxşi aviakompaniyasi» deb tan olindi.