10-noyabr kuni Qonunçilik palatasi deputatlari “Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonunni qabul qilib, Senatga yubordi.
Qonun loyihasi muhokamasi vaqtida maʼlum qilinişiça, hujjatning 73-moddasida uluş kiritiş asosidagi qurilişlarni reklama qiliş tartibi belgilangan.
Unga köra, qurilayotgan turar joy majmuasini va undagi xonadonlarni reklama qilişga faqatgina quriliş obyektining loyiha deklaratsiyasi Yagona axborot tizimida joylanganidan keyin ruxsat etiladi.
Agar loyiha deklaratsiyasi tizimda belgilangan tartibda röyxatga olinmagan bölsa, quruvçi va boşqa şaxslarga quriliş obyektini ham, undagi xonadonni ham reklama qiliş taqiqlanadi.
Qonundagi boşqa talablar
Qonun – uluş kiritiş asosidagi qurilişlarda uluşdorlar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan bölib, unda uluşdorlar kiritgan mablağlar quruvçining ixtiyorida emas, banklardagi eskrou hisobvarağida saqlanişi belgilangan. Quriliş belgilangan talablar asosida amalga oşirilib, obyekt foydalanişga topşirilganidan söng mablağlar quruvçiga ötkaziladi.
Qonunga köra, quruvçi (developer) faqat qonunda belgilangan talablarga javob bergan, Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan, vakolatli bank bilan boş bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini eʼlon qilgan taqdirdagina aholi mablağlarini jalb qiliş huquqiga ega böladi.
Hujjatda belgilanişiça, uluşli iştirok etiş şartnomasi va unga özgartiriş kiritiş haqidagi kelişuvlar notarial tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkaziladi.
Quruvçi qonun talablariga zid ravişda fuqarolar mablağlarini jalb qilgan taqdirda, uluşdor uşbu mablağlarni qaytarişni va ulardan foydalanilganlik uçun foiz tölanişini talab qiliş huquqiga ega böladi.
Zarur hollarda vakolatli bankni yoki quruvçini almaştiriş, qurilişning uzluksiz moliyalaştirilişini taʼminlaşga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar ham nazarda tutilgan. Deputatlarga köra, bu – qurilişning töxtab qolişining oldini oliş va uluşdorlar manfaatlarini işonçli himoya qilişga xizmat qiladi.













