Ijtimoiy tarmoqlarda reklama tarqatuvçilar oddiy axborotdan reklama axborotini ajratib turuvçi “reklama” yoki “reklama huquqi asosida” belgilarini körsatmaslik holatlari köplab kuzatilmoqda.
Raqobat qömitasi xabariga köra, ötgan vaqt davomida “Reklama töğrisida”gi qonunçilik, talablari buzilişi yuzasidan 20 dan ortiq ijtimoiy tarmoqlarda taşkil qilingan guruh va kanal maʼmurlari (adminlari), bloger, vayner va boşqa tarmoq faollariga tegişli taʼsir çorasi qöllanilgan.
Qömita barça OAVlar, ijtimoiy tarmoqlarda taşkil qilingan guruh va kanal maʼmurlari (adminlari), bloger, vayner va boşqa tarmoq faollarini keng jamoatçilikka axborotlarni tayyorlaş va tarqatişda amaldagi qonunçilik talablariga qatʼiy rioya qiliş lozimligini eslatdi.
Idoraning ogohlantirişiça, yuqoridagi kabi qonunbuziliş holatlari aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda çora köriladi
Maʼlumot uçun, “Reklama töğrisida”gi qonunning 5-moddasiga köra, har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni Özbekiston hududida bölgan reklamadan foydalanuvçilarga qaratilgan va reklama obyektiga eʼtiborni jalb qiliş, unga bölgan qiziqişni şakllantiriş yoki qöllab-quvvatlaş, şuningdek uni bozorda bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) oliş maqsadida ilgari suriş uçun möljallangan maxsus axborot – reklama hisoblanadi.
Raqobat qömitasiga köra, reklama boşqa axborotdan “reklama” yoki “reklama huquqi asosida” belgisi bilan ajratgan holda joylaştirilişi kerak. Şuningdek, tahliliy maqolalar, şarhlar, fikrlar, mulohazalardan tijorat maqsadi közlangan bölsa, ularni reklama sifatida belgilangan holda aniq körsatiş lozim.
Avvalroq, 2026-yilning birinçi yarmida reklama bozorida 13,5 mingdan ortiq örganiş ötkazilgani va ularning qariyb 6 mingtasida qonunbuzilişlar aniqlangani maʼlum qilingan edi.












