Raqobat qömitasi 2026-yilning birinçi yarim yilligida reklama bozorini tartibga soliş sohasida amalga oşirilgan işlar böyiça maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, ötgan davr mobaynida reklamalar böyiça jami 13 ming 500 dan ortiq örganiş ötkazilgan. Ularning qariyb 6 mingtasida reklama töğrisidagi qonunçilik talablari buzilgani aniqlangan.
Xususan, dori vositalari va biologik faol qöşimçalarga oid 545 ta reklama örganilib, ularning 51 tasi qonun talablariga javob bermasligi maʼlum bölgan.
Şuningdek, qariyb 250 ta holat örganilganda, 54 tasida tamaki, alkogol, elektron sigaret va pivo kabi reklamasi taqiqlangan mahsulotlar tarğib qilingani aniqlangan.
50 dan ortiq qimor sayti bloklandi
Qömita tomonidan ötkazilgan 165 ta monitoring natijasida 82 ta holatda totalizator va bukmekerlik reklamasi qayd etilgan.
Bundan taşqari, qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarni tarğib qiluvçi 76 ta veb-saytga nisbatan çora köriş uçun vakolatli organlarga sörovlar yuborilgan. Natijada ularning 50 dan ortiği bloklangan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi monitoringlar davomida katta auditoriyaga ega uç nafar bloger - vayner öz sahifalarida qimor va bukmekerlik xizmatlarini tarğib qiluvçi sahnalaştirilgan videoroliklarni joylaştirgani ham aniqlangan.
Ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda «Melbet» brendi orqali qimor öyinlarini tarğib qiluvçi videolar joylaştiriş holatlari qayd etilgan. Qömita maʼlumotiga köra, bu holatlar böyiça fuqarolar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegişli materiallar sudga yuborilgan.
Umuman, aniqlangan huquqbuzilişlarni bartaraf etiş böyiça 83 ta subyektga nisbatan belgilangan taʼsir çoralari qöllanilgan.
Ayrim dori reklamalari axloq normalariga zid deb topildi
Monitoring davomida ayrim dori vositalari va tibbiy buyumlarni işlab çiqaruvçi hamda sotuvçi kompaniyalarning reklamalarida milliy va oilaviy anʼanalar, şuningdek, axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid şakl, ibora va obrazlardan foydalanilgani ham aniqlangan.

















