22 fevral kuni Toşkentda Özbekiston va Qozoğiston hukumatlararo komissiyasining 16-yiğilişi oldidan «Özbekiston temir yöllari» AJ rahbariyati va «Qazaqstan temіr joli» MK» prezidenti Kanat Alpisbayev örtasida muzokaralar ötkazildi. Bu haqda «Qazaqstan temіr joli» MK» matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Unda temir yöl trasporti sohasidagi özaro harakatlarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan. 2016 yilda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi temir yöl transporti orqali yuklarni taşiş böyiça ijobiy ösiş dinamikasi qayd etildi. Taşuvlar hajmi 19 million tonnani taşkil etdi. Uçraşuvda yuk taşişlarni oşiriş uçun ixçam tarif siyosatini ötkaziş masalalari muhokama etildi.

Şuningdek Qozoğiston don va unini eksport, Qozoğistonning 45 futli muzxonali konteynerlarida yuklar, Qozoğiston Respublikasi hududi böylab özbek meva-sabzavot va boşqa qişloq xöjalik turlarini tranzit taşuvlari tariflari uçun çegirmalar taqdim etiş böyiça kelişuvga erişildi. 

Tomonlar Aqtou va Quriq portlari orqali Transkaspiy xalqaro transport yönalişi böylab özbek eksport va import taşuvlarini taşkil etiş imkoniyatini muhokama qilişdi. «QTJ – Yuk taşuvlar» va «Özbekiston temir yöllari» AJ örtasidagi muzokaralar yakuniga köra Qozoğiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan yuklar haqida elektron ma'lumot almaşiş böyiça Kelişuv imzolandi.