United Airlines aviakompaniyasi xodimlari yölovçilardan biri va uning ayol şerigini qolgan yölovçilarni özlarini xavf ostida sezişga majbur qilganlari uçun reysdan olişga qaror qildilar. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.  

Voqea Çikagodagi ÖXara aeroportida Xyustonga ketayotgan samolyot bortida yuz bergan. Kompaniya ismini ma'lum qilmagan yölovçi tokçaga öz qöl yukini joylaştirayotgan pokistonlik juftlikka tanbeh bera boşlagan. Misol uçun, u ulardan sumkalarida bomba bor-yöqligini söragan. 

Voqea guvohlaridan biri bölgan ayol bu haqda styuardessaga ma'lum qilgan. Tajovuzkor erkak esa uning hind millatiga mansub yigitidan u qayerdan ekanligini söray boşlagan. Şuningdek, u barça xorijliklar va noqonuniy muhojirlar AQŞni tark etişlari kerakligini aytgan.  

Şundan keyin erkakdan samolyotni tark etişni söraşgan. Erkak samolyotdan tuşib ketayotganda ham zaharxandalik bilan "uylaringizga yaxşi yetib oling va öşa yerda qoling" deb "tilak" bildirgan.

Aviakompaniya vakilining aytişiça, tuşirib yuborilgan yölovçi öşa kuniyoq keçki paytga şunday reysga joy bronlab qöygan.