Internetda zoomarkaz xodimi oyoğini qöyib yuborişni heç ham xohlamayotgan panda bolasi tasvirlangan video ommaviylaşmoqda.
Mashable naşri ma'lumotlariga köra, videoda Xitoydagi katta pandalarni köpaytiriş markazida yuz bergan voqea tasvirlangan. Videoda panda uning voleriga kirgan xodim oyoğiga "tirmaşib olgança yurişni" xuş körişiga guvoh böliş mumkin. Xodim voler böylab işlarini qilar ekan, panda uning oyoğini mahkam quçoqlagança, u bilan birga yuraveradi. Markaz xodimi uni oyoğidan ajratişga harçand urinmasin, uning bu urinişlari zoye ketadi: "yopişqoq" panda oyoqlarni mahkam uşlagança yurişni davom ettiraveradi.











