Özbekiston boş vaziri örinbosari Ğulomjon Ibragimov Yengil atletika federatsiyasi raisligiga qayta saylandi.

22 fevral kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasida ötkazilgan Yengil atletika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida federatsiyaning ötgan tört yillikdagi faoliyati haqida hisobot qilingan.

Konferentsiyada mamlakat yengil atletika federatsiyasining yangi rahbar tarkibi saylandi. Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari Ğulomjon Ibragimov Federatsiya raisi, Baxtiyor Ikromjonov rais örinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradigan bölişdi. “Özbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boşqaruv raisining örinbosari Olimxon Rustamov federatsiya raisining birinçi örinbosari etib saylandi. Bunga qadar Özbekiston paralimpiya assotsiatsiyasida faoliyat olib borgan Abdulla Sagdiyev, mamlakat boks federatsiyasida boş kotib sifatida özini körsatgan Bexzod Mirtimirov endi yengil atletika federatsiyasi rais örinbosarlariga aylanişdi. Kamoliddin Rözamuhammedov federatsiya boş kotibi bölib işlaydi.

Anjumanda sport qiroliçasini rivojlantirişga doir masalalar atrofliça muhokama qilindi. Konferentsiya işida Ğulomjon Ibragimovdan taşqari, Özbekiston Respublikasi boş vazirining yana bir örinbosari Adham Ikromov ham iştirok etgan.