Boş prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda Özbekiston Suziş federatsiyasida sohaga ajratilgan mablağlarning maqsadli işlatilişi örganildi.

Mahkama xabariga köra, örganiş davomida federatsiya mansabdor şaxslari va boşqalar mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, juda köp miqdorda jamiyat manfaatiga zarar yetkazgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, terma jamoa hamda uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan fuqaro Rossiyaning Volgograd şahrida ötkazilgan xalqaro yiğinga yuborilib, 72 mln söm budjet mablağlari asossiz işlatilgan.

2021 yilning oktabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportçi “D” MÇJga qaraşli mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bölsa-da, foydalanganlik haqida elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan holda 1 mlrd sömlik pul mablaği talon-toroj qilingan.

Ma’lum qilinişiça, mazkur holatlar böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

  • Eslatib ötamiz, şu oyda voleybol va karate federatsiyalari tizimidagi korrupsiya holatlari böyiça ham jinoyat işlari oçildi.