9 aprel kuni Içki işlar vazirligi akademiyasida Özbekiston Voleybol federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyasi bölib ötdi. Unda Içki işlar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi rahbariyati, hududiy içki işlar organlari mas’ullari, Voleybol federatsiya mutasaddilari qatnaşdi.

IIV matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, yiğilişda Içki işlar vaziri, general mayor Aziz Toşpölatov nomzodi Özbekiston Voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etilgan. Vazir nomzodi konferensiya iştirokçilari tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, federatsiya raisi etib saylangan.

Şuningdek, Voleybol federatsiyasining Andijon, Buxoro, Namangan, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahar hududiy bölimlari raisligiga uşbu viloyatlar IIB boşliqlari va Toşkent şahar IIBB boşliği bir ovozdan saylandi.

Tadbir davomida «Beş taşabbus olimpiadasi» doirasida ötkazilişi rejalaştirilgan voleybol sporti böyiça «Içki işlar vaziri kubogi» musobaqalariga ham start berildi.

2023 yil 18 fevral kuni ötkazilgan Özbekiston Voleybol federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasida öşa vaqtdagi içki işlar vaziri, general-leytenant Pölat Bobojonov federatsiya raisi etib saylangan edi.