Reddit portalida loulan taxallusli foydalanuvçi sayyoramizning turli burçaklaridagi aholi qaysi davlatlardan köproq qörqişi tasvirlangan xaritani taqdim qildi. Bu xarita 2013 yilda 65 ta davlatda ötkazilgan sörovnoma asosida yaratilgan.  

Aniqlanişiça, sayyoramizning aksariyat davlatlari aholisi AQŞni eng tajovuzkor davlat deb hisoblaydilar. Xaritadan körinişiça, bunday fikrni Rossiya, Ukraina, Xitoy, Avstraliya, Braziliya, Argentina, Meksika, Indoneziya, Jazoir, JAR, Turkiya, Ispaniya va Yevropaning boşqa davlatlari, Janubiy Amerika, Osiyo va Afrika davlatlari aholisi bildirgan.

Eng tajovuzkor davlatlar orasida 2-örinni  Eron egallagan, undan AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Iroqda qörqişadi. Şuningdek, xavfli davlatlar sifatida Pokiston, Isroil, Suriya, Xitoy, Şimoliy Koreya va Somali ham aytilgan. Rossiyadan esa körinişiça, faqat Polşagina qörqar ekan!   

Biroq köpçilik foydalanuvçilar bu xarita hozirgi voqeliklarga mos ravişda tuzatilişi kerak deb hisoblamoqdalar, çunki 4 yil içida dunyoda Donald Tramp AQŞ prezidenti bölişi, Eron bilan yadroviy dastur tuzilişi, Qrim Rossiya tarkibiga qöşilişi, Suriyadagi fuqarolik uruşi, IŞIDga qarşi katta kölamli uruş va Yevropaga muhojirlar oqimi kelişi kabi köplab voqealar yuz berdi va bular köpçilik odamlarning qaraşlarini özgartirgan.