Janubiy Koreya hukumati 2017 yilda Şimoliy Koreya tomondan yadroviy va raketa tahdidi mavjudligi sababli mamlakat mudofaasini mustahkamlaş uçun 530 mln dollar sarflaydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Janubiy Koreyaning qurol-aslaha sotib oliş dasturlari böyiça davlat boşqarmasi 11 ta yuqori texnologik mudofaa loyihasini amalga oşirişni rejalaştirgan. Ular orasida ayğoqçi sun'iy yöldoşlar uçiriş, "yer-havo" turidagi uzoq masofalarga möljallangan raketalar va örtaça balandlikda parvoz qiluvçi uçuvçisiz parvoz qurilmalarini yaratiş kabi loyihalar aytilgan.
Şuningdek, axborot agentligi mamlakatda kiberhududda uruş vositalari laboratoriyasi hamda harbiy texnologiyalar sohasida 5 ta yangi laboratoriya va bitta mudofaa ilmiy markazi oçilişi rejasi borligini eslatib ötgan.
2017 yilda Janubiy Koreyada harbiy xarajatlarni ötgan yilga nisbatan 4 foizga oşiriş közda tutilgan va mudofaaga umumiy hisobda 34,7 mlrd dollar ajratiladi.
Seulda mudofaa qudratining oşirilişi Şimoliy Koreyaning harbiy tayyorgarliklari bilan tuşuntirilmoqda.












