AQŞ jangovor aviatsiya qömondonligi rahbari Gerbert Karlayl Pentagon Yaqin Şarqda IŞID terrorçilik taşkiloti bilan kuraş uçun F-35 qiruvçilarini joylaştirişi haqida ma'lum qildi. Bu bir neça yillardan söng röy beradi, deya yozmoqda Defense News.

«Yaqin Şarqda joylaştiriş (F-35 qiruvçilarini – tah.) albatta röy beradi, bu bir neça yildan keyinga rejalaştirilgan», - dedi u.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, Yevropa va Osiyo-Tinç okeani hududiga harbiy samolyotlarni kiçik hajmlarda yetkazib beriş şu bahordayoq amalga oşirilişi mumkin.

Karlaylning sözlariga köra, F-35’ning Yaqin Şarqda mavjudligi AQŞ harbiy havo kuçlariga Suriya va Iroqdagi harbiy amaliyotlarda jiddiy yordam berişi mumkin.

Avvalroq Gerbert Karlayl AQŞ HHK ilk bor özining F-35A beşinçi avloddagi qiruvçi-bombardimonçilarini Yevropa hududida 2017 yilning bahori yoki yozida joylaştirişini ma'lum qilgandi.