Dayjyest: Prezidentga muovin rafiqa, IShIDdan ozod bo‘lgan yerlar, eng kuchli armiya va shov-shuvli suiqasd tafsiloti
O‘tgan hafta mobaynida xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi. Ana shu xabarlarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
KXDR rahbari Kim Chen Inning akasi Kim Chon Nam Malayziyada suiqasd qurboni bo‘ldi. Kim Chon Namga Kuala-Lumpur shahri aeroportida zaharli igna bilan qurollangan ikki ayol hujum qilgan. Butun dunyo nigohi o‘tgan hafta davomida mana shu voqeaga qaratildi. Voqealar rivojining to‘liq bayoni.
So‘nggi vaqtlarda (aniqrog‘i, yanvar oyidan e'tiboran), xalqaro maydondagi yangiliklarni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, MDHning qator mamlakatlari, xususan, Ukraina, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonda o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga suiqasd qilish hollari ko‘payib borayotgani haqida bong urishmoqda. Bu haqda batafsil.
Keyingi 5 yilda kim ko‘p qurol sotgan va kim ko‘p qurol sotib olgan? Bu savolga Dunyo muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha Stokholm xalqaro instituti (SIPRI) ma'lumotlaridan javob topish mumkin.
2050 yilga borib biz bilgan dunyo, undagi iqtisodiy va moliyaviy muhit mislsiz darajada o‘zgarishi mumkin. Qaysi mamlakatlarning iqtisodiyoti eng kuchli bo‘lishi kutilayapti?
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining turmush o‘rtog‘i Mehribon Aliyevani respublikaning birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi. U bu qarorini rafiqasining respublika ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi o‘ta muhim o‘rni bilan bog‘ladi.
Vladimir Putin Eron bilan Suriyani bo‘lib olish haqida kelishishga urinib, shuningdek, unga uran yetkazib berib, Stalinning eng falokatli xatosini takrorlamoqda, deyiladi Mark Langfanning Arutz 7 uchun yozgan maqolasida.
Dunyodagi banknotlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya De La Rue Tojikiston milliy bankida o‘zining mahsulotini taqdim etdi. Britaniya kompaniyasi xizmatlaridan dunyoning 150ga yaqin mamlakat milliy banki foydalanadi.
Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning jahon yetakchilariga yo‘llagan maktublari to‘la matni e'lon qilindi. Yanukovich Germaniya, Fransiya va Polsha yetakchilari, qator xalqaro tashkilotlar va Rossiya hamda AQSh prezidentlariga xabarlar yuborgan.
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi (Majilis) Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida Emba poligonidan ijara asosida foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma'qulladi.
Iroq federal politsiyasi tezkor guruhlari Mo‘sul shahri aeroportini IShID jangarilaridan tortib oldi. Aeroport ikki yildan buyon jangarilar qo‘lida edi.
Suriyaning Al-Bob shahri IShID jangarilaridan butunlay ozod qilindi. Al-Bob shahri IShIDning Suriyadagi tayanchlaridan biri edi.
Moskvada ish haqlarini ololmagan tojik va o‘zbek muhojirlari ish tashlash o‘tkazishdi. Ular oylik maoshlari to‘lanmaganidan g‘azabda bo‘lganlar. Ma'lumotlarga ko‘ra, ishchilar besh oydan beri ish haqlarini olishmagan. Namoyishchilar o‘z yurtlariga o‘tgan yili qancha pul yuborganishganini ham yashirishmagan.
Credit Suisse nashri ayni damda dunyoda kuchli bo‘lib turgan armiyalar ro‘yxatini e'lon qildi. Unda sayyoraning turli mamlakatlari armiyasi kiritildi. To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Suriyaning IShID terrorchilari zo‘ravonligidan qochgan Al-Bob aholisi shaharga yaqin bo‘lgan aholi punktlaridagi chodirlarda kun kechirishga majbur bo‘lishmoqda. Al-Bob aholisining bir qismi, asosan ayollar va bolalar Suriya ozodlik armiyasi kuchlari tomonidan nazorat qilinuvchi Susanbot qishlog‘i yaqinida joylashishgan.
Superkarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pagani firmasi asoschisi Goratsio Pagani Maranellodagi Ferrari zavodidan F12tdf superkarining maxsus ishlangan namunasini qabul qilib oldi. Avtomobil Pagani buyurtmasi asosida yagona nusxada ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020
Farg‘onada shaharlarga yangi hokimlar, propiska haqda yangi qonun loyihasi, Turkiyada koronavirusga qarshi yangi choralar va kunning boshqa xabarlari
21:19 / 03.04.2020