Samarqandda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va Özbekiston Fermerlari kengaşi hamkorligida “Vatanimiz taraqqiyoti uçun barçamiz birdek mas'ulmiz!” şiori ostida “Yoş fermer” körik-tanlovining yakuniy respublika bosqiçi taşkil etildi. Bu haqda ÖzLiDeP Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur tanlovning birinçi kunida iştirokçilarning öz fermer xöjaliklarida yetiştirgan qişloq-xöjaligi mahsulotlari körgazmasi taşkil etilib, hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.


Körgazma davomida fermer xöjaliklari rahbarlari, agrar sohada muayyan tajribaga ega mutaxassis-ekspertlar, olimlar, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, issiqxona, baliqçilik, asalariçilik, parrandaçilik bilan şuğullanuvçi tadbirkor va dehqon xöjaliklari rahbarlari yoş fermerlarga zarur maslahat va tavsiyalar berişdi.

Tanlov davomida meva–sabzavot, çorvaçilik va parrandaçilikka va boşqa yönalişlarga  ixtisoslaşgan fermerlarning aholi farovonligi yölida amalga oşirayotgan loyihalari bilan yaqindan tanişdik. Bugungi tanlovda bildirilgan uşbu yuksak işonç tajribamizni oşirişga, köproq izlanişga, yanada fidoyi va faol bölişga undaydi. 

Tadbirning ikkinçi kuni iştirokçilar Samarqand tumanidagi “SamPromXolod”, “Agromir” qöşma korxonalari, “A'zam Azamat Agro”, “Istiqlol şu'lasi” köp tarmoqli fermer xöjaliklariga sayohat ham iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi. Ular bu maskanlarda qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, qadoqlaş, saqlaş va eksport qiliş, intensiv boğdorçilikni taşkil etiş, yilning turli fasllarida sabzavot ekinlari yetiştiriş jarayonlari bilan tanişdi. 

Tanlov yakuniga köra, Gran-prini Samarqand viloyatining “Domla Abroriy umr” fermer xöjaligi boşliği A.Rabbimov qölga kiritdi. Surxondaryo viloyati “Şuhrat muxtor” fermer xöjaligi rahbari Ş.Toşpölatov birinçi, Buxoro viloyatidagi “Qöçqor bobo” fermer xöjaligi rahbari X.Kamolov, Andijon viloyati “Doniyorbek boği” fermer xöjaligi boşliği D.Qodirov ikkinçi öringa sazovor böldi. 

Tanlov iştirokçilari bir qator qöşimça nominatsiyalar böyiça rağbatlantirildi.