Karib dengizida joylaşgan orol davlat Trinidad va Tobago IŞID terrorçilik guruhi uçun jangarilar “yetkazib beruvçi” davlatga aylandi. Bu esa AQŞ hukumatining taşvişiga sabab bölmoqda, ular öz çegaralariga yaqin joyda ekstremizm öçoği paydo bölişidan xavfsiramoqda, deb yozadi Leonardo Goi InSight Crime uçun maqolasida.
Muallifning ta'kidlaşiça, rasmiy ma'lumotlarga köra, sönggi tört yilda uşbu mamlakatning 125 nafar fuqarosi Yaqin Şarqqa radikallar safida jang qiliş uçun jönagan, şuning uçun 1,3 million kişilik aholiga ega Trinidad va Tobago yer şarining ğarbiy qismida IŞID uçun jangarilar “yetkazib beruvçi” eng yirik davlatga aylanişi mumkin.
Bularning bari AQŞ hukumati xavotiriga sabab bölmoqda, ular mamlakatga Yaqin Şarqdan qaytib kelganlar orol davlat hududida AQŞ fuqarolariga hujum qilişi, şuningdek atigi 3 soatlik parvozni taşkil etuvçi AQŞ hududiga radikallar bora oladigan ekstremizm öçoğiga aylanişi ehtimolidan taşvişda. Ba'zi ma'lumotlarga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp yaqinda Trinidad va Tobago boş vaziri Kit Rouli bilan muzokaralar olib borib, unda xavfsizlik va terrorçilik tahdidlari masalalari haqida fikr almaşilgan.
Bundan taşqari, orol davlatda IŞID köplab mamlakatlardan farqli ravişda taqiqlanmagan, şuning uçun uning fuqarolari terrorçilar oldiga borib, tayyorgarlikdan ötişlari, söngra Trinidad va Tobagoga qaytib kelib, qolgan fuqarolar kabi bir xil huquq va imtiyozlarga ega bölişlari mumkin.
Hukumat esa bu jarayonda terrorçilik bilan kuraş böyiça ança qattiq çoralarni qabul qilmoqda, ular, ba'zi ma'lumotlarga köra, öz içiga mamlakatdagi turli harakatlari faol monitoringdan ötkaziş, şuningdek jangarilarga mablağlar jönatişni taqiqlaş haqidagi qonun loyihasini öz içiga qamrab oladi. Bundan taşqari, AQŞ Trinidad va Tobago hukumati bilan ehtimoliy yangi jangçilarni töxtatib qoliş ilinjida razvedka ma'lumotlari bilan bölişişni boşladi.
Bu holatda orol davlat fuqarolarining jangarilar safiga qöşilişiga nima sabab bölayotgani xususida savol kelib çiqadi. Muallifning ta'kidlaşiça, IŞID Trinidad va Tobagoning yoş aholisini öziga jalb etmoqçi bölgan birinçi taşkilot emas. Mamlakatda butun Karib havzasi böylab narkotik moddalar kontrabandasi hamda savdosi, şuningdek qöşni Venesueladagi keskinlaşib borayotgan iqtisodiy inqiroz tufayli öz faoliyatini faol ravişda olib borayotgan köplab jinoiy guruhlar bor.
Bundan taşqari, IŞID uşbu davlat fuqarolarini öz tarkibiga jalb etişga intilayotgan birinçi ekstremistik taşkilot emas. Masalan, 1990 yilda “Jamoat al-Muslimin” radikallari hokimiyatni egallaşga harakat qilib körişgan.
Nafaqat radikallar, balki uyuşgan jinoiy guruh vakillari ham işsizlikdan aziyat çekuvçi mamlakat yoşlarini yollaşga urinmoqda. Mamlakat hukumati esa fuqarolarni radikal kayfiyatga undovçi şaroitlarga bor e'tiborni qaratişi, şuningdek ularni bunday harakatlardan töxtatişga urinişi lozim.











