Zimbabve prezidenti Robert Mugabe 93 yoşiga bağişlangan tantanalarda iştirok etdi. Tantanalar mamlakatning ikkinçi raqamli şahri Bulavayodan 40 km uzoqlikda joylaşgan Matobo milliy boğida bölib ötdi, deb xabar bermoqda Cameroon Concord naşri. Naşr ma'lumotlariga köra, bayram keçasi 2 mln dollarga tuşgan.
Tantanalarda mamlakatning hukmron partiyasidan bir neça ming kişi iştirok etgan. Mehmonlar Zimbabve körinişidagi 93 kg lik tort bilan mehmon qilindilar.

Mugabe bayramga öz suratlari va partiya gullari bilan bezalgan kostyum kiydi, uning rafiqasi Greys ham şunga öxşaş köylakda bölgan.
Mugabening bayram nutqi bir soatdan köproq davom etgan. Tinib-tinçimas prezident 37 yillik hukmronligidan keyin ham hokimiyatni topşirmoqçi emasligini aytgan.
2016 yil sentabrda Mugabe öziga atalgan haykal oçilişida iştirok etgandi va dekabrda yangi prezidentlik muddatiga nomzodini qöyişini aytgandi. Uning rafiqasining aytişiça, turmuş örtoğining hattoki murdasi ham saylovlarda ğolib böladi va u vafot etadigan bölsa, uning nomini saylov byulletenlariga kiritişga va'da bergan.
Zimbabve dunyoning eng noçor davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat muşkul iqtisodiy vaziyatda qolgan, giperinflyatsiya va ulkan byudjyet defitsitini boşidan keçirmoqda. Mugabe diktatura va muxolifatni tahqirlaşda ayblab kelinadi.












