3 hafta avval vafot etgan Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe poytaxt Xararedan 90 km uzoqlikda joylaşgan ona qişloği Kutamada dafn etildi.
Marosimda marhumning yaqinlari iştirok etişi közda tutilgan bölsa-da, sobiq prezident bilan vidolaşgani bir neça yuzlab odamlar kelgan. Marosimda hokimiyatning biror vakili iştirok etmagan.
Mugabening dafn etilişi borasida uning yaqinlari va hokimiyat örtasida bahs yuzaga kelgan. Hokimiyat marhumning Xararedagi qahramonlar xiyobonida dafn etilişini istagan. Biroq Mugabening yaqinlari uni ona qişloğida dafn etişni talab qilişgan.
Mugabe 6 sentyabrda 95 yoşida Singapurdagi şifoxonada vafot etgandi. U mamlakatni 30 yil davomida boşqarib kelgan. 2017 yil mamlakatda yuz bergan harbiy töntaruvdan keyin hokimiyatdan çetlatilgan.












