Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 6 sentabr kuni 96 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda BBC News xabar tarqatdi.
Keyinçalik diktatorga aylangan siyosatçi 1924 yilning 21 fevralida öşa vaqtda Rodeziya deb atalgan Zimbabve hududida tuğilgan.
1964 yilda uni Rodeziya hukumatini tanqid qilgani uçun 10 yildan ortiq muddatga qamaşgan.
Robert Mugabe 1980 yilda mamlakat boş vaziriga aylanadi, 1987 yilda esa prezidentlikka saylanib, 30 yil davomida Zimbabveni boşqaradi.
U ilk yillarda soğliqni saqlaş sohasi va ta'lim tizimida islohotlar amalga oşirişi bilan e'tibor qozongandi. 2000-yillar boşida esa Mugabe Zimbabveda yer islohoti ötkazadi, bu islohot doirasida oq tanli fermerlarning yerlari tortib olinadi. Aynan şu islohot mamlakatda iqtisodiy inqiroz boşlanişiga olib keladi.
2007 yilda mamlakatda giperinflatsiya boşlanadi, ba'zi oylarda inflatsiya darajasi ön millionlab foizni taşkil etadi. Ikki yil ötib hukumat Zimbabvening öz valutasini çiqarişni töxtatadi: uning örniga xorij valutasi işlatilişi joriy qilinadi.
Mugabe boşqaruvining sönggi yillari yuqori darajadagi korrupsiya va inson huquqlari buzilişi bilan xarakterlanadi.
U sayyoradagi eng uzoq vaqt davomida hokimiyat tepasida turgan va eng keksa davlat rahbarlaridan biri edi.
Ğarb mamlakatlari Mugabeni inson huquqlarini buziş va korrupsiyada ayblar, uning tuzumi diktatorlik deb baholanardi. Afrikada esa u ozodlik uçun kuraşçi va mustaqil Zimbabve davlati asosçisi sifatida hurmat qilinardi.
Mugabe 2017 yilning noyabrida ommaviy norozilik namoyişlari ortidan röy bergan harbiy davlat töntarişi orqali hokimiyatdan çetlatilib, uy qamoqxonasiga taşlangan, köp ötmay öz ixtiyori bilan hokimiyatni topşirgan, uning örnini ZANU-PF partiyasi yetakçisi, Mugabening örinbosari Emmerson Mnangagva egallagandi.
Sönggi marta 2018 yilda uning soğligi yomonlaşgani va yuriş qobiliyatini yöqotgani haqida xabar qilingandi.

















