Zimbabvening amaldagi prezidenti Emmerson Mnangagva 6 sentyabrda vafot etgan sobiq prezident Robert Mugabeni vafotidan keyin milliy qahramon deb e'lon qildi. Bu haqda New Ziana mahalliy naşri xabar berdi.
Mugabe 95 yoşida vafot etdi. Uning oilasidagi manbalar sobiq prezident Singapurdagi şifoxonada yaqinlari, jumladan rafiqasi Greys qurşovida vafot etganini ma'lum qilişgan.
“Robert Mugabe Afrikani mustamlakaçilik zulmidan ozod qilişga erişgan kuraşçilar avlodi vakili hisoblanadi. Bu Zimbabvening minnatdor xalqi va Afrikaning qolgan xalqlari tomonidan heç qaçon unutilmaydi”, deb aytgan Mnangagva.
Prezident, şuningdek, Mugabe dafn etilmagunça mamlakatda motam kunlari e'lon qilinişini qöşimça qilgan.
Hozirda hukumat Mugabe jasadini Singapurdan vataniga qaytariş böyiça muzokaralar olib bormoqda.
2017 yil noyabrda 93 yoşli Robert Mugabe harbiylar va hukmron partiya bosimi ostida prezident lavozimini tark etgandi. Bungaça u mamlakatni 30 yil davomida boşqargan.

















