YouTube kompaniyasining texnologiya masalalari böyiça vitse-prezidenti Kristos Gudrou videoxosting foydalanuvçilar har kuni milliard soat onlayn-videolarni tomoşa qilişayotganini xabar qildi.
«Biz faoliyatimizdagi muhim bosqiçga erişdik – butun dunyodagi insonlar endilikda YouTube’da har kuni videoni milliard soat körişmoqda!», — deya Gubrouning sözlarini keltiradi YouTube rasmiy blogi.
Uning sözlariga köra, agarda har bir foydalanuvçi YouTube’da milliard soat video körganida, buning uçun unga 100 ming yil kerak bölardi.
Avvalroq YouTube foydalanuvçilarga mobil qurilmalardan jonli translyatsiyalarni amalga oşiriş imkonini taqdim etgani haqida xabar bergandik.












