Fransiyaning Peugeot avtomobilsozlik kompaniyasi yangi Instinct kontseptini namoyiş etdi. Tört örindiqli muqobil şuting-breyk (sportkar negizida işlab çiqilgan 2 eşikli universal)ga ilğor multimedia töplami örnatilgan. U haydovçining istagini topa oladi. Bundan taşqari, kontsept poli yupqa beton qoplamaga ega. Taşqi körinişidan ipaksimon jilolanuvçi maşina Peugeot fikriça, «sizni bemalol joylaşişga va hordiq çiqarişga undaydi».

Multimedia tizimi Internet of Things platformasida işlaydi va Samsung Artik Cloud bulutli xizmatidan foydalanadi. Uning yordamida tizim haydovçi gadjyeti bilan ulana oladi. Uning tanlovlarini yodida saqlab qoladi. Olingan ma'lumotlar asosida maşinadagi iqlim nazorati (klimat-kontrol), boşqaruvçi elektronika işlaş tartibi hamda salonning yoritilişi va örindiq holati sozlanadi.

 Kontsept 300 ot kuçiga gibrid motor bilan jihozlangan kontsept xöjalik elektr tarmoğidan quvvatlana oladi. Uning barça ğildiraklari yetakçi bölib, boş yoritqiç çiroqlariga örnatilgan kameralar bilan uyğunlikda işlovçi xavfsizlik tizimiga ham ega. 

Yangi maşina mart oyida bölib ötadigan Jyeneva avtokörgazmasida rasman taqdim etiladi.