Italiya-AQŞ avtokonserni Fiat Chrysler Automobiles NV (FCA) hamda Peugeot va Citroen avtomobillarini işlab çiqaruvçi PSA Group fransuz kompaniyasi birlaşiş böyiça bitimni yopişdi. Natijada dunyodagi eng yirik avtomobil kompaniyalaridan biri Stellantis NV vujudga keldi.

Yangi kompaniyaning aksiyalari Parij va Milanda 18 yanvardan, Nyu-Yorkda 19 yanvardan boşlab sotiladi.  

2019 yil ma'lumotlariga köra, kompaniya dunyoda savdo hajmi böyiça 3-raqamli kompaniya hisoblanadi. Ayni vaqtda FCA va PSA’ning umumiy kapitallaşuvi 51 mlrd dollardan köproqni taşkil qiladi. 

Ikki kompaniya 2019 yil dekabrda birlaşişga kelişib olgan. 2020 yil sentyabrda kompaniyalar pandemiya sababli vaziyat özgargani uçun birlaşiş şartiga özgartirişlar kiritişgan. 2021 yil yanvarida esa ikki kompaniya aksiyadorlari birlaşuvni ma'qullaşgan.

Yangi kompaniyaga PSA boş direktori Karlos Tavares rahbarlik qiladi. Uning asosiy vazifalaridan biri dunyoda 50taga yaqin zavodga ega ikki kompaniyaning işlab çiqariş quvvatlarini birlaştiriş hisoblanadi. 

Bundan taşqari, Tavares yangi kompaniyaning Xitoydagi pozitsiyalarini mustahkamlaş va Fiat Çrysler’ning Yevropadagi operatsiyalari ziyonliligi muammosini hal qilişi kerak böladi. 2020 yilda FCA va PSA’ning Xitoy avtomobil bozoridagi umumiy uluşi 1 foizdan kamroqni taşkil qilgan.

Stellantis’da birlaşuv natijasida tejalgan mablağlarning katta qismini yangi texnologiyalarga yönaltiriş rejalaştirilmoqda. Tejaladigan mablağlar yiliga 56 mlrd dollarni taşkil qilişi kutilmoqda. Biroq bundan avval kompaniya brendlardan voz keçmay va zavodlarni yopmay, işlab çiqariş operatsiyalari takrorlanişi va modellar qatori muammosini hal qilişi lozim böladi. Tahlilçilarning fikriça, uşbu vazifaning uddasidan çiqiş pandemiya ortida talab susaygan şaroitda oson bölmaydi.