«Biz uçun nafaqat işlab çiqariş, balki kelajakda salohiyat yaratiş ham muhim. Masalan, bir modelni işlab çiqariş va uni rivojlantiriş, işlab çiqariş hajmini oşiriş, xorijiy va içki bozorni kengaytiriş uçun imkoniyatlar yaratiş. Muzokaralar jarayonida uşbu nuqtai nazardan kelişmovçilik paydo böldi», – dedi «Özavtosanoat» savdodan keyin xizmat körsatiş va butlovçi qismlar eksporti boşqarmasi boşliği Şuhrat Mirsamuqov.
«Bu biz uçun eng muhimi. Agarda yakdil fikrga kela olmasak (PSA Groupe bilan – tahr.), u holda loyiha uçun yangi investor topişga urinamiz. Bu masala böyiça vaziyat yil oxirigaça ma’lum böladi», – dedi Mirsamuqov.
Rejaga köra, Jizzaxdagi Peugeot-Citroen zavodi 2018 yil dekabrida işga tuşişi kerak va yil oxirida dastlabki mahsulotlarini işlab çiqarişi kerak edi. 133 million yevroga baholangan loyiha doirasida yiliga jami 16 ming dona Peugeot Expert va Peugeot Boxer avtomobillari yiğilişi lozim edi.

















