Peugeot, Citroen, DS, Opel va Vauxhall brendlari ostida avtomobillar işlab çiqaruvçi PSA kompaniyasi FCA bilan birlaşiş haqidagi kelişuvni 2019 yil dekabrda imzolagan. 2020 yil iyunida Yevrokomissiya PSA va FCA birlaşuvi natijasida Yevropaning yengil avtomobillar bozorida raqobatning sezilarli kamayişi mumkinligidan xavotirlanib, birlaşuv haqidagi kelişuvni sinçkov tekşirişni boşlagan.
Kelişuvning ma'qullanişi PSA va FCA aksiyadorlarining uşbu kelişuv böyiça ovoz berişiga imkon beradi. Kompaniya aksiyadorlari 4 yanvarda bu masala böyiça yiğiliş ötkazişadi. Ularga yangi kompaniya taşkil etilişini ma'qullaş taklif etiladi. PSA va FCA birlaşuvi natijasida hosil böladigan yangi kompaniya Stellantis deb ataladi.
Kompaniyalarning qöşma bayonotida ular Yevrokomissiyaning qarorini qutlaşlari aytilgan. Kelişuv 2021 yilning 1-çoragi oxirigaça yopilişi kutilmoqda.

















