Fransiya 2016 yilda qurol-aslaha eksporti böyiça özi uçun  rekord körsatkiçlarga erişdi. Fransiya ötgan yil 20 mlrd yevrodan köproq qiymatga qurol-aslaha sotgan. Bu haqda Fransiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Le Figaro naşri xabar bermoqda. 

Ma'lumotlarga köra, yirik şartnomalar, jumladan Rafale samolyotlarining Hindistonga va Caracal vertolyotlarining Kuvaytga yetkazib berilişi hisobiga Fransiya ketma-ket ikkinçi yil qurol-aslaha eksportçilari reytingidagi 2-örinni saqlab qolmoqda va 40-50 mlrd dollarlik körsatkiçga ega AQŞdan ança ortda qolmoqda hamda deyarli Rossiya bilan bir xil darajada.

Ta'kidlanişiça, 2016 yildagi 20 mlrd dollarlik körsatkiç 2015 yildagidan 3 mlrd dollarga köproqni taşkil qilgan.    

Naşrning fikriça, Fransiya 2012 yilda qurol-aslaha eksportidan olinadigan daromadlar borasidagi kuçli pasayişni bir qator omillar evaziga yenga olgan. "Fransiya qurol işlab çiqaruvçilari geosiyosiy vaziyatning özgarişidan foydalana olişgan. Terrorçilik xavfining kuçayişi, IŞIDga qarşi kuraş olib boriş zarurati, Yaqin Şarq mintaqasining barqarorsizlanişi, Hindiston-Pokiston çegarasi va Xitoy çegarasining bir qator hududlarida taranglikning kuçayişi bir qator davlatlarning öz qurol-aslaha zaxiralarini töldirişga intilişlariga olib keldi", deyilmoqda naşrda.