Fransiya prezidentligiga eng yirik muxolif partiya – “Respublikaçilar”dan nomzod bölgan Fransua Fiyon prezidentlik poygasidan çiqmasligi haqida ma'lum qildi. Bu unga ayblovlar qöyilişi mumkinligiga yuz berdi.

"Ha, men prezidentlik lavozimi uçun nomzod bölib qolaman", - deya aytib ötdi Fiyon jurnalistlar oldidagi çiqişida.

Biroq Figaro gazetasining partiyadagi manbalarga asosan xabar berişiça, u saylovoldi poygasidan voz keçişi ham mumkin. 

Şu bilan birga, sobiq hukumat rahbarining örniga kim nomzod bölişi noma'lum. Naşr ma'lumotiga köra, Fiyon öz örnini boşqa bir sobiq boş vazir - Alen Jyuppega taklif qilişga tayyor, biroq bunga mamlakat sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi qarşi çiqmoqda.

Fiyonning özi 15 mart kuni sudga keliş haqida çaqiruv xati olganini tasdiqladi hamda Fransiya prezidenti kim bölişini faqatgina saylovçilar hal qilişi kerakligini ta'kidlab ötdi.

Fiyon va uning rafiqasiga nisbatan tekşiruv işlari yanvar oyi oxirida boşlandi. Sobiq boş vazir agarda tergov işiga jalb etilsa, saylovlardan öz nomzodini olişini ma'lum qilgandi, biroq bu holat mamlakatda rejim inqirozi boşlanişiga olib kelişini köp bora iddao qilgan.

Penelopa Fiyon bilan boğliq mojaro u sakkiz yil davomida parlamentariy Fransua Fiyonning yordamçisi sifatida iş haqi olgani haqida xabarlar e'lon qilinganidan söng avj oldi. U parlamentariylar xizmatini tölaşga möljallangan jamğarmalardan mablağ olgan. Xuddi şunday ayblovlar Fiyonning ikki farzandiga ham tegişli böldi.

Avvalroq Fransua Fiyonning rafiqasi Penelopa Fiyon qölga olingani hamda qamoqqa joylaştirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.