Iroq armiyasining ilğor bölinmalari Mösul şahrini taşqi dunyo bilan boğlab turgan, IŞID şahar içidan texnika va jangarilarini olib çiqişi mumkin bölgan oxirgi yöl ustidan nazorat örnatdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Şahardan şimoli-ğarbiy nuqtadan olib çiquvçi Mösul-Tall-Avar şossesi 9-tank diviziyasi tomonidan egallab olingan.
«Biz «Suriya darvozsi»ni (yölning nomi şunday ham yuritiladi - tahr.) töla nazorat qilmoqdamiz, hamma joyda bizning harbiylar», — deya agentlikka ma'lumot bergan iroqlik generallardan biri.
Iroq qöşinlari Mösulning şarqiy qismini 17 yanvar kuni ozod etişgandi. 24 fevral kuni Iroq hukumati şaharning ğarbiy qismini egallaş uçun yuriş boşladi.
Mösul IŞIDning Iroqdagi norasmiy poytaxti hisoblanar, şuningdek, jangarilarning Iroq hududidagi oxirgi tayanç şahri bölib qolmoqda. Bu şaharni ozod etiş uçun quruqlikdagi harbiy yuriş ötgan yilning 17 oktabridan buyon olib borilmoqda. Iroq armiyasi, şia bölinmalari, kurd laşkarlaridan taşqari, AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari ham bu yurişda iştirok etmoqda.












