Netflix kompaniyasi YouTube’da “Uruş maşinasi” komediyasining promoroligini taqdim etdi. Unda Bred Pitt va Tilda Suintonlar boş rollarni ijro etişgan. Bu film rejissyor Devid Mişo (“Hayvonlar saltanati”) tomonidan suratga olindi.

Filmga muxbir Maykl Xastingsning “Tasvirçilar” (The Operators) hujjatli kitobi asos qilib olindi – u AQŞning Afğonistonga bostirib kirişiga bağişlangan. Kartina boş qahramoni – Qöşma Ştatlarning aksilterror amaliyotiga rahbarlik qiluvçi general Stenli Makkristal (Pitt).

Film premerasi 26 may kuni bölib ötadi.

Makkristal Xastings u bilan ötkazgan intervyusini Rolling Stone jurnalida e'lon qilgaç 2010 yilda iste'foga çiqdi. Unda general AQŞning Afğonistondagi elçisi Karl Eykenberri va boşqa amerikalik siyosatçilar, jumladan öşa paytdagi vitse-prezident Jo Bayden haqida salbiy fikrlarni bildirgan.