AQŞ Turkiya bilan Suriyaning Raqqa şahrini IŞID jangarilaridan ozod qiliş operatsiyasida Anqaraning iştirok etişi böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Iroq va Suriyada IŞIDga qarşi xalqaro operatsiya qömondoni, amerikalik general-leytenant Stiven Taunsend ma'lum qildi. 

"Biz Turkiya bilan uning Raqqani ozod qilişda iştirok etişi böyiça muzokaralarda iştirok etmoqdamiz. Men ularning qöşinlari qançalik katta bölişini bilmayman", deb aytgan Taunsend.

Bundan avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqara operatsiyada iştirok etişi mumkinligini aytgan. "Koalitsiya, Rossiya bilan kelişuv asosida zarurat bölsa, biz tomondan Raqqada qadamlar körilişi mumkin", deb aytgan Erdöğan. 

Erdöğanning aytişiça, Anqara terrorçilik taşkiloti deb hisoblaydigan suriyalik kurdlar mudofaa kuçlari Suriyaning Manbij şahrini tark etib, Frot dengizining şarqiy sohillariga çekinişi kerak.