Xitoyning Xebey viloyatida istiqomat qiluvçi ayol öğli tuğilgandan olti kun ötib egizak qizlarini dunyoga keltirdi. Bu haqda China News Service agentligi xabar tarqatdi.

Hodisa Içan şahrida röy bergan. Ayolning ma'lum qilişiça, 2012 yilda turmuşga çiqqan, biroq turmuş örtoği bilan farzandlari bölmagan. 2016 yilning avgustida u Uxan şahrida davolaniş jarayonidan ötdi hamda uçta bolaga homilador böldi.

Xabar qilinişiça, u 21 fevral kuni oğirligi 1,44 kilogramm bölgan öğil farzandini dunyo keltirgan, biroq tölğoq jarayoni töxtab qolgan. Uning akuşeri esa homiladorlikni davom ettiriş haqida qaror qabul qildi. Duşanba, 27 fevral kuni u egizak qizçalarni dunyoga keltirdi.

"Men farzand haqida orzu qilardim. Endi uçta bolam bor, hamda men nima qilişni bilmayapman", - deya bolalarning onasi sözlarini keltirgan agentlik.

Ayni paytda bolalar jonlantiriş bölimida. Akuşerning sözlariga köra, bu uning 20 yillik faoliyatidagi birinçi şunday holatdir.