«Arsenal» yarim himoyaçisi Mesut Özil öz avtobiografiyasida «Real»da öynaganida Joze Mourino uning öyinidan qoniqiş hosil qilmagan bir vaziyatni eslab ötgan.

«Mourino menga qiçqirdi: «Sen ikki marta çiroyli pas berib qöyiş yetarli deb öylaysanmi? Özingni yaxşi öynayman deb hisoblaysan, ammo 50 foiz kuç bilan öynay olasan, xolos».

U pauza saqladi, menga qisilgan qirğiy közlari bilan qaradi. Men ham unga qarab turar edim. Biz xuddi ikki boksçi birinçi raund oldidan bir-biriga tikilgani kabi bir-birimizga tikilardik.

Joze heç qanday emotsiya körsatmasdi, u şunçaki mening javobimni kutardi. Men öşa lahzada uni qançalar yomon körgandim. Lekin umuman olganda undan nafratlanmayman.

[Bahs davom etadi. Özil Mourinoga qarata «Real» futbolkasini irğitadi va uni kiyib, özi futbol öynaşini taklif etadi].

Mourino esa baqiradi: «O, sen taslim bölayapsanmi? Sen şunaqa qörqoqsan! Nimani tanlaysan? Issiq duş qabul qilib olib, yolğizlikda yaxşilab öylaşnimi? Yoki jamoadoşlaringga, fanatlarga va menga nimalarga qodir ekaningni körsata olasanmi?

[Özil duşni tanlaydi]», – deya Özilning kitobidan iqtibos keltirgan Sport Witness.

Özilning kitobida Mourino unga köp saboq örgatgani ham e'tirof etilgan.

Özil 2010 dan 2013 yilgaça Madrid jamoasi şarafini himoya qilgan, xuddi şu davrda Mourino madridliklar jamoasiga ustoz bölgan.

Özilning «Öyin sehri» nomli avtobiografik kitobida Xosep Gvardiolaning aybi bilan «Barselona»ga ötişi amalga oşmay qolgani, otasi tufayli «Arsenal»ga kelgani hamda Turkiya va Germaniya terma jamoalaridan birini tanlaş zarurati yuzaga kelgan vaqtlar haqida ham yozib ötilgan.