Nyu-York, Hongkong va London turar-joy va idoralar ijara narxi böyiça dunyoning eng qimmat şaharlari hisoblanadi. Savills Live-Work Index (Turar-joy va idora narxlari indeksi)ning yangi reytingi şundan dalolat beradi. 

Tahlilçilarning ma'lumotlariga köra, Nyu-Yorkda bir kişi uçun turar-joy va idora ijarasining yillik umumiy qiymati 111,9 ming dollarni taşkil qiladi, Hongkongda esa - 105,4 ming dollar. 

Bir yil avvalgi reytingda dunyoning eng qimmat şahri deya e'tirof etilgan London şahri bu yilgi röyxatning uçinçi poğonasidan örin oldi. Kompaniyalar mahalliy ekspatlarga yiliga örtaça 88,8 ming dollar sarflaşadi. 

Tahlilçilarning qayd etişiça, Britaniya poytaxti Nyu-Yorkka öz örnini boy bergan vaqtda hali Brexit referendumi ötkazilmagan edi. Brexit'dan keyin esa funt kursining tuşişi natijasida "kumuş" ham qöldan çiqarildi.