Xitoy hukumati Koreya Respublikasida Amerikaning THAAD raketalarga qarşi mudofaa tizimlari joylaştirilişiga qarşi javob çoralarini qöllay boşladi. Yonxap agentligining Koreya turistik taşkilotidagi manbasiga köra, Pekin ma'muriyati Janubiy Koreyaga bormoqçi bölgan sayyohlarga çeklovlar joriy qilmoqda. 

"2 mart kuni Xitoyning yirik sayyohlik firmalari Janubiy Koreyaga sayohatlarni sotişga barham beriş böyiça mamlakat hukumatidan körsatma olgan", - deb qayd etadi agentlik. Ma'lumotlarga köra, "bu taqiq Koreya turizm sohasiga jiddiy zarar yetkazişi mumkin".

Xitoyliklarning 40 foizga yaqini firmalar orqali sayohat töplamlarini xarid qiladi. 60 foiz yakka tartibdagi sayyohlarning deyarli yarmi aviaçiptalar xarid qiliş kabi masalalarda turfirmalarga murojaat qiladi. Yangi çoralar Janubiy Koreyaga keluvçi sayyohlar sonini 2 martaga qisqartirişi mumkin. 

KTT ma'lumotlariga köra, ötgan 2016 yilda Janubiy Koreyaga 8,06 mln xitoylik taşrif buyurgan, ularning har biri örtaça 2,4 ming AQŞ dollari sarflagan. Agar xitoylik sayyohlar soni 2 baravar kamaysa, Koreya 9,63 mlrd dollardan mahrum bölişi ehtimol.