3 mart, juma kuni Özbekiston çempionatiga start beriladi. Tribuna.Uz 26-marotaba taşkil etilayotgan çempionatning birinçi turi anonsi bilan taniştirib ötadi.
Oliy Liga, 1-tur
MeTALLURG – DINAMO (3 mart, 15:30)
Öz uyida istalgan raqibni mağlubiyatga uçrata olişi mumkin bölgan, «Metallurg» yangi mavsumning birinçi öyinini bir yillik tanaffusdan söng ligaga qaytgan «Dinamo»ga qarşi uçraşuvda boşlaydi.
Ikkala jamoaning öyinlarida ham mezbonlarning töliq ustunligini körişimiz mumkin. Ayniqsa «Dinamo» mezbonlik qilgan sönggi 10 öyinda biror marta mağlub bölmagan: 9 ğalaba, 1 durang. «Dinamo» sönggi marta Bekobodda 6 yil muqaddam 9 aprel kuni ğalaba qozonib qaytgan.
MAŞ'AL – LOKOMOTIV (3 mart, 16:30)
Amaldagi çempion bu turni Muborakda boşlaydi. Sönggi yillarda «temiryölçilar» uçun eng qulay raqiblardan biri bölgan jamoaga qarşi öyinda mehmonlar favorit sanalmoqda.
Ikki jamoa örtasidagi sönggi 8 uçraşuvning barçasida «Lokomotiv» ğalaba qozongan. «Maş'al» sönggi marta «Lokomotiv»ni 2010 yilning avgustida Toşkentda mağlubiyatga uçratgan. Muborakdagi sönggi ğalaba (1:0, 15 may) ham 7 yil oldin qölga kiritilgan. «Maş'al» mezbonlik qilgan sönggi tört uçraşuvning barçasida «Lokomotiv»ning qöli baland kelgan.
PAXTAKOR – QIZILQUM (3 mart, 17:00, Sport)
Ötgan mavsumni juda böş ötkazgan «Paxtakor» bir neça yillardan buyon ilk marta sovrinsiz qoldi. OÇL yöllanmasi qöldan boy berildi. Bu mavsumda endi jamoa ötgan yilgi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilib köradi. Bu yöldagi birinçi raqib Navoiyning «Qizilqum» jamoasi böladi. Tarkibni sezilarli ravişda kuçaytirgan navoiyliklarga qarşi öyin «Paxtakor» uçun qiyin keçişi kutilmoqda.
Ikki jamoa iştirokidagi özaro öyinlarda «Paxtakor» total ustunlikka ega. Sönggi 22 uçraşuvning birortasida «Qizilqum» ğalaba qozona olmagan. «Paxtakor»ning 20ta ğalabasi va 2 durang. Duranglardan biri ham ötgan mavsumda Navoiydagi uçraşuvda qayd qilingan. 22 uçraşuvdagi töplar nisbati böyiça ham ahvol dahşatli darajada: 64-8. «Qizilqum» özining eng yirik mağubiyatini (0:11, 2007 yil, noyabr) ham aynan «Paxtakor»dan qabul qilib olgan.
QÖQON-1912 – NASAF (4 mart, 15:30)
Ötgan mavsumda Oliy ligada qoliş vazifasini uddalagan qöqonliklar bu mavsumni jiddiy raqibga qarşi uçraşuv bilan boşlaydi. OÇL guruh bosqiçi yöllanmasini qölga kirita olmagan «Nasaf» endi bor e'tiborini çempionatga qaratişi aniq.
Ikki jamoa sönggi 10 yillik tarixda faqat 4 bor töqnaş kelişdi. 2015 yildan yana yuqori divizionga qaytgan qöqonliklar ötkazilgan törtta uçraşuvning barçasi «Nasaf»ga imkoniyatni boy berib qöygan. Jamoa Qarşida (0:3, 0:1) umuman töp kirita olmagan bölsa, Qöqondagi uçraşuvlarda (1:3, 1:2) heç bölmasa bittadan töp kiritişga muvaffaq bölgan.
ŞÖRTAN – NeFTÇI (4 mart, 16:00)
Dastlabki turada töqnaş kelayotgan sönggi yillarning eng teng kuçli juftliklardan biri. Çempionatning ilk yillarida «Neftçi» gegemonlik qilib kelgan bölsada, yangi asr boşidan boşlab farğonaliklar öyinida pasayiş boşlandi. Hozirgi jamoaning mavqeni «Şörtan» bilan teng deyiş mumkin.
Ikkala jamoaning Ğözorda keçgan sönggi 9ta (6 ğalaba, 2 durang) uçraşuvda «Neftçi faqat bir marotaba ğalaba qozongan. Mehmondagi sönggi ğalabani farğonaliklar 2013 yilda (2:0) qölga kiritişgan. Ötgan yilgi jamoalarning özaro öyinlarida, Ğözorda «Şörtan» ğalaba (2:1) qozongan bölsa, Farğonada kuçlar teng (2:2) kelgan.
NAVBAHOR – OBOD (4 mart, 16:00)
2016 yilgi mavsumda Oliy ligada debyut qilgan «Obod» öz oldiga qöyilgan eng asosiy vazifani uddaladi. Jamoa ligada jon saqlab qolişga muvaffaq böldi. Yangi mavsumda endi jamoa öz örnini mustahkamlaş uçun kuraş olib boradi va bu yöldagi birinçi safari Namanganga böladi.
Ikki jamoaning özaro öyinlari tarixi ötgan yildan boşlab yozila boşladi. Namanganda «Navbahor» 2:1 hisobida ğalaba qozongan bölsa, Toşkentda keçgan uçraşuvda «Obod» yirik hisobdagi ğalabani qölga kiritdi — 3:0.
BUXORO – OLMALIQ (4 mart, 16:30)
Ötgan yilgi mavsumdan boşlab oldiga jiddiy maqsadlarni qöyayotgan «Buxoro» yangi mavsum oldidan matbuotning asosiy diqqat markazidagi jamoa böldi. Klubni Vadim Abramov boşqarişi mumkinligi haqida xabarlar çiqdi. Oxir-oqibatda jamoa ruliga Uluğbek Baqoyev va Baxtiyor Aşurmatov tandemi keldi.
Moliyaviy jihatdan Özbekistonning yetakçi jamoalaridan biri bölgan «Buxoro» yangi mavsumda kamida OÇL yöllanmasi uçun kuraş olib bormoqçi va bu yöldagi dastlabki raqib yangilangan «Olmaliq» jamoasi böladi.
Ikkala jamoa çempionat doirasida jami 16 bor töqnaş kelişgan. 6 uçraşuvda «Buxoro», 8 uçraşuvda «Olmaliq»ning qöli baland kelgan, 2 uçraşuv durang bilan tugagan. Buxoroda ötgan sönggi 5ta uçraşuvning ikkitasi «Olmaliq» ğalaba qozongan. Ötgan mavsumda bölib ötgan ikki uçraşuvda ham «Buxoro»ning qöli baland keldi.
BUNYoDKOR – SÖĞDIYoNA (4 mart, 18:00, Sport)
Osiyo çempionlar ligasini muvaffaqiyatsiz boşlagan Sergey Luşçan şogirdlari içki çempionatning dastlabki uçraşuvini «Suğdiyona»ga qarşi uçraşuv bilan boşlaydi. Çempionlik uçun da'vogarlardan biri sifatida qaralayotgan yoşargan «Bunyodkor» uçun jizzaxliklar eng qulay raqiblardan biri hisoblanadi.
Ikkala jamoa şu kungaça 14 marotaba töqnaş kelişgan, 13 uçraşuvda «Bunyodkor»ning qöli baland kelgan. Faqat 2015 yilga kelibgina «Suğdiyona» ilk marta toşkentliklarni mağlubiyatga (2:1) uçratişga muvaffaq bölgan. Ikkala jamoa örtasidagi töqnaşuvlardagi umumiy töplar nisbati 37-3 körinişda. Jizzaxliklar Toşkentda oçko oliş tugul hatto biror marta töp ham kirita olişmagan: 7 öyin 7 mağlubiyat, töplar nisbati — 0:17.













