Bu Toşkent şahar hokimining 2026-yil 29-oktabrdagi 565-14-0-Q/26-son qarorida nazarda tutilgan. Hujjat şahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi hamda «Paxtakor» futbol klubining murojaatlarini inobatga olgan holda qabul qilingan.

Qarorga köra, hokimning moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari mablağni klubga ötkaziş yuzasidan «Toşkent Invest kompaniyasi» kuzatuv kengaşiga taklif kiritişi kerak. Şuningdek, kompaniya bilan birgalikda 5 milliard sömni ajratiş çoralarini köriş vazifasi belgilangan.

Munitsipal aktivlarni boşqariş markaziga ajratilgan mablağlar hisobidan ustav fondidagi uluşini oşiriş hamda pulning maqsadli sarflanişini taʼminlaş topşirilgan.

Mablağdan foydalaniş böyiça xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga hisobot kiritilişi belgilangan. Qaror ijrosini nazorat qiliş hokimning birinçi örinbosari D. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilgan.

Hujjatda pul klub tasdiqlagan smetaga muvofiq sarflanişi körsatilgan, biroq xarajatlarning alohida yönalişlari va ularga ajratiladigan summalar keltirilmagan.