Özbekiston vitse-çempioni «Paxtakor» Elit Osiyo Çempionlar Ligasi asosiy bosqiçi 4-turida yirik hisobda yutqazdi.
Toşkentliklar 2-noyabr kuni öz maydonida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubiga qarşi öynadi va 2:6 hisobida mağlub böldi.
Mehmonlar Toşkentga hujumçi Kriştianu Ronaldu va hujumkor futbolçi Kingsli Komansiz kelgan bölsa-da, «Paxtakor» stadionini töldirgan muxlislar Sadio Mane, Joau Feliş, Samuel Koşta, Inigo Martines va boşqa yulduzlarning öyini guvohi böldi.
Toşkent klubi uşbu mağlubiyatdan keyin 2 oçko bilan jadvalda 12-örinda bormoqda. «An-Nasr» 6 oçko bilan 4-öringa kötarildi.
«Paxtakor» Elit OÇL doirasida navbatdagi öyinni 23-noyabr kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga qarşi ötkazadi.
Elit OÇL. Ğarb mintaqasi. 4-tur
2-noyabr, Toşkent, «Paxtakor» stadioni
PAXTAKOR (Özbekiston) - AN-NASR (Saudiya Arabistoni) 2:6
Gollar: Flamarion (36), Dostonbek Hamdamov (75) - Abdulloh Al-Hamdan (15), Joau Feliş (17, 32), Abdulloh Al-Amriy (53), Abdulrahmon Ğarib (62), Anjelo (79)
Boş hakam: Aleksander King (Avstraliya)
«Paxtakor»: Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin, Akmal Mozgovoy, Başar Resan (Dostonbek Hamdamov 60), Muhammadbobur Karimov, Abdurauf Böriev, Sardor Sobirxöjayev (Ibrohim Ibragimov 60), Şerzod Nasrullayev, Flamarion, Muhammadrasul Abdumajidov, Stefan Çinedu.
Boş murabbiy: Emilian Karas (Moldova)
«An-Nasr»: Bentu, Abdulloh Al-Amriy, Abdulloh Al-Hamdan, Sadio Mane, Samuel Koşta, Navaf Bu Vaşl (Uakan Holid 67), Anjelo, Yahyo Ayman (Abdulrahmon Ğarib 46), Inigo Martines, Avad Muhsin Aman, Joau Feliş (Abdulloh Al-Haybariy 67).
Boş murabbiy: Ange Postekoglu (Avstraliya)
Ogohlantirişlar: Muhammadbobur Karimov (32), Şerzod Nasrullayev (57)












