«Navbahor» va «Paxtakor» örtasidagi uçraşuvlar doim keskin kuraşlarga boy bölgan. Bu gal ham şunday böldi. Faqat öyindan keyin muxlislar maydondagi futboldan köra hakamlik qarorlari, ikki klub mediasi örtasidagi dahanaki jang va çempionatdagi adolat masalasini köproq muhokama qilişmoqda.

Namangandagi durang va mojaroga sabab bölgan gol

Superliganing 24-turidan örin olgan «Navbahor» – «Paxtakor» bahsi har qaçongidan ham katta ahamiyatga ega edi. Turnir jadvalida peşqadamlik qilayotgan «şerlar» uçun oçko yöqotiş çempionlik poygasidagi ustunlikdan mahrum bölişni anglatardi. «Navbahor» esa çempionlik uçun kuraşga qaytiş yölida sönggi imkoniyatlaridan birini işga solişi kerak edi.

Namanganda 20 mingdan ortiq muxlis qarşisida keçgan uçraşuvni «Paxtakor» yaxşiroq boşladi. Birinçi bölimda Zayd Tahsinning goli mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi.

Ikkinçi bölimda «Navbahor» hujumlarini kuçaytirdi. Mezbonlar penalti işlab olişdi, biroq undan foydalana olişmadi. Şunga qaramay, uçraşuv oxirida Muhammadqodir Hamraliyev hisobni tenglaştirdi.

Qiziği, Hamraliyev avval «Paxtakor» safida harakat qilgan. U golni sobiq jamoasining zaxira örindiği tomon qarab, öziga xos tarzda nişonladi. Keyinçalik aynan şu harakat ikki klub örtasidagi tortişuvga sabab böldi.

Biroq dastlab janjal gol nişonlanişi emas, hakamlik qarorlari atrofida boşlandi.

«Bizga futbol öynaşga qöyişmadi» - Kamoliddin Tojiyevning eʼtirozi

Uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida «Paxtakor» boş murabbiyi Kamoliddin Tojiyev hakamlikdan oçiqçasiga norozilik bildirdi.

«Men şu kunga qadar hakamlik masalasida bir oğiz ham fikr bildirmadim. Lekin bugun bizga öynaşga qöyişmadi. Darvozamizga belgilangan penaltida futbolçimiz şunçaki raqibning yonida yugurib ketayotgandi. Flamarion esa jarima maydonçasida qölidan tortilib, yiqitildi, ammo penalti berilmadi.

Gapirmayman deyman-u, lekin gapirmasa bölmayapti. Şerzod Nasrullayevga hakam “Sen tegmading, lekin yonida xavfli yugurding”, debdi. Agar futbolçiga tegmagan bölsa, kontakt bölmasa, qanday qilib penalti belgilaş mumkin? Töğrisi, tuşunmadim», dedi murabbiy.

Tojiyevning bu bayonoti hakamlik atrofidagi bahslarni yanada kuçaytirdi. Ammo ikki klub örtasidagi ziddiyat şu bilan tugamadi.