Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida Özbekiston xorijiy mamlakatlar bilan döstlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengaşi hamda mutasaddi idoralar vakillari bilan birgalikda «Özbekiston-Xitoy» döstlik jamiyatining yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda jamiyatning 2016 yildagi faoliyati yakunlari hamda taşkiliy masalalar, şu jumladan, «Özbekiston-Xitoy» döstlik jamiyatining a'zolari, rayosati, boşqaruv va taftiş komissiyasi tarkibi körib çiqildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri R.S.Kasimov «Özbekiston-Xitoy» döstlik jamiyatining raisi, Özbekiston Milliy universiteti rektori A.R.Maraximov, jamiyat raisining örinbosari hamda Termiz davlat universiteti moliya va iqtisod işlari böyiça prorektori O.B.Sattarov jamiyat ijroçi direktorlari etib saylandi.
Mazkur yiğilişda Özbekiston-Xitoy örtasidagi madaniy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boşqa turli sohalarni yanada rivojlantiriş, hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş borasidagi istiqbolli çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş va kelgusida amalga oşiriladigan vazifalar belgilab olindi.












